2 691
Komil Allamjonov blogerlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng: «Alaloqibat hamma bir-birini tushundi»
Foto: Facebook / Komil Allamjonov
15 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov veb-resurs egasi internet tarmog‘iga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, uning ostiga bildirilgan izohlarga javobgar ekanligi to‘g‘risida bildirgan bayonoti sabab blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
AOKA direktori o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali mazkur uchrashuv davomida barcha bir-birini tushunganini ma’lum qildi.
«Kecha soat 23:00 ga yaqin alaloqibat hamma bir-birini tushundi. Xushnudbekka alohida rahmat. Nimaga ekanligini ertalab bilasiz. Lekin masalaga oydinlik kiritilgunga qadar men haqimda nimalar deyishmadi, qanday karikaturalar qilishmadi.
Nima ham derdim, bu — so‘z erkinligi, asosiysi fikrlar xilma-xil bo‘ldi, haqorat ishlatilmadi, tuhmat qilinmadi (ko‘rganlarim orasidan aytyapman).
Shu tariqa sekin-sekin qonunlarimiz amalda ishlashini ta’minlasak, media madaniyatni shakllantirsak, xolis materiallar chiqishiga erishsak, aytilgan so‘zga javobgarlik mexanizmini singdira olsak, shundagina haqiqiy demokratik matbuot yaratdik deya olamiz. Hozircha hali erkinlik va so‘z erkinligi tushunchasi hammada har xil.
Buning asl sababi — aksariyatimiz qonunlarimizni bilmasligimizda: yozayotganlar ham, o‘qiyotganlar ham, kaltak yeyayotganlar ham.
Hamma o‘z huquqini yaxshi bilib olsa va talab qila olsa, bizning aralashishimizga va bayonotlarimizga hojat ham qolmaydi. Kechagi bayonotimizdan kutilgan natija bo‘ldi. Barcha faollarga katta rahmat», — deb yozadi Allamjonov.
Foto: Facebook / Komil Allamjonov
Foto: Facebook / Komil Allamjonov
Foto: Facebook / Komil Allamjonov “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”