Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, ayrim tadbirkorlar oʻz manafaatlari yoʻlida davlatga zarar yetsa yetsin, oʻzim foyda koʻrsam boʻldi naqlida ish tutishmoqda.
Lekin,Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tezkor shoʻbasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida kunlik nazorat tadbirlari oʻtkazib kelayotganligi natijasida bunday tadbirkorlarning noqonuniy ishlari uzoqqa choʻzilmayapti.
Joriy yilning 27-iyul kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirlar tavomida Andijon tumanidagioxak maxsulotlari faoliyat turi bilan shugʻullanib kelayotgan MCHJOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 12.01.2018-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga zid ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, foydalanganligi oqibatida davlatga 20 mln. 109 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Xuddi shuningdek,shu kuni Andijon shahar xududdidagiumumiy ovqatlanish oshxonasi tabbiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, bamaylixotir foydalanganligi oqibatida 47mln.174ming soʻm davlatga zarar yetkazganligi aniqlandi.
Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi, hozirda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan Byuroning Andijon shahar va Andijon tuman boʻlimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”