Foto: «Avtostrada.uz»
Internet tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB xodimi o‘z avtomobilida harakatlanib borayotganida YTH sodir bo‘lgan, natijada jabrlangan piyoda hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu xabarga izoh berdi.
«Ushbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qilamiz», — deb boshlanadi IIBB axboroti.
12 sentyabr kuni taxminan soat 8:00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida YPX inspektori kichik serjant B.K. Lacetti rusumli xizmat avtomobilida o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada xodim boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 48 yoshli Zafar U.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
YTH natijasida 46 yoshli Zafar A. tan shikastlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholamoqda.
Ushbu fakt bo‘yicha IIBB xodimiga nisbatan olib borilayotgan xizmat tekshiruvi davomida YTH sababi aniqlanadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi