12:02 / 19.09.2019
2 511

50 mln. soʻmdan ortiq aliment pullarini toʻlamagan otaga chora koʻrildi

50 mln. soʻmdan ortiq aliment pullarini toʻlamagan otaga chora koʻrildi
Fuqarolik ishlari buyicha Ohangaron tumanlararo sudining karzdor G.Gʻofurovdan undiruvchi R.Gʻofurova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro xujjatlari kelib tushgan. Qarzdor ota aliment pullari u yoqda tursin, hatto bolalaridan ham xabar olishni oʻziga ep bilmagan. Turli vaj-karsonlarni bahona qilib, toʻlovdan boʻyin tovlab yuravergan.

Kun oʻtayapti, goʻdaklar katta boʻlishayapti. Shunga yarasha ularning ehtiyojlari ham oʻsib boraveradi. Buning ustiga otaning toʻlanmagan pullari ham togʻdek ulgʻayib borishi tayin. Ogohlantirishlarga qaramay aliment pullarini toʻlamay kelgan otaga nisbatan jiddiy jazo qoʻllanishiga toʻgʻri keldi. Ijro harakatlariga oid barcha hujjatlar tegishli tartibda maʼmuriy sudga oshirildi.

Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan jami 51 mln. 618 ming soʻm aliment pullarini toʻlamasdan kelganligi sababli qarzdorga Shirin shahar maʼmuriy sudining karoriga koʻra 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tegishli xulosa chiqarish otaning masʼuliyati va mehriga havola.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 50 mln. soʻmdan ortiq aliment pullarini toʻlamagan otaga chora koʻrildi