Bitta Shuhrat aka «ochko» yo‘qotsa, ikkinchisi «ochko» olishda davom etadi

  • 06 oktyabr 2019, 08:47
  • 1 983
  • Jamiyat
  • Bitta Shuhrat aka «ochko» yo‘qotsa, ikkinchisi «ochko» olishda davom etadi
    Farg‘ona viloyat hokimi ayollar ro‘molini yechish, masjidlarni yopish payida yurgan bir vaqtda Andijon viloyati hokimi masjidda azon chaqiruvchi inson - muazzinga mashina sovg‘a qilibdi.

    Shuhrat Abdurahmonov «Andijon bulbuli» laqabini olgan «Devonaboy» jome masjidi muazzini Muhammadjon Temirovga neksiya-3 mashinasini beribdi. Keyin Qur’oni Karim oyatlari tinglanibdi. Bu ish ayni vaqtda tahsinga sazovor.

    Shuhrat aka, siz zo‘r ish qildingiz, sizmas andijanlik Shuhrat akaga aytyapman. Siz minglab odamlarni «xorami» demadingiz, masjidlarni yop, ro‘mollarni yechtir, bo‘lmasa og‘zingga tiqaman, demadingiz. Siz Allohning uyiga unga ibodat qilishga chaqiradigan insonni siyladingiz. Sizni Alloh qo‘llasin. Yanayam maqtab shunday quchoqlab yuborardimku, bu erkakchilikka to‘g‘ri kelmaydi-da, aka! Ashi gap aka, salomat bo‘lo‘rasiz. Oshnezga tel qilib mo‘naqa ishla deb qo‘ysez bo‘lakan, aka! Yana xapa bo‘meng, oshnez desam.

    Aytgancha, G‘aniyev yoptirmoqchi bo‘lgan masjidlardan biri shundoq jonajon Oltiarig‘imning markazida. Yo‘lingiz tushsa, kirib ikki rakat namozni kanda qilmang. Masjid muazzinining ovozi shu vaqtgacha eshitgan ovozlarim ichida eng zo‘ri. Ismi Adham aka, polvon, hamma uni Adham «kachok» deydi. Sportchi, juda kamtar inson.
    Zafarbek Solijonov

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bitta Shuhrat aka «ochko» yo‘qotsa, ikkinchisi «ochko» olishda davom etadi