Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Andijon viloyatining hududiy bo‘limlarida aholidan to‘langan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning ta’minot korxonalariga o‘tkazilishi o‘rganilganda, yirik miqdorda tafovutlar mavjudligi aniqlangan.
Xususan, 2018 yilda viloyatdagi barcha pochta aloqa bog‘lanmalari tomonidan elektr energiyasi uchun 28 mlrd. 426 mln. 350 ming so‘m naqd pul mablag‘lari yig‘ib olingan bo‘lsada, ushbu mablag‘lardan “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga 27 mlrd. 108 mln. 520 ming so‘mi kelib tushganligi, jami 1 mlrd. 317 mln. 830 ming so‘m o‘tkazilmaganligi, 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida esa elektr energiyasi uchun to‘langan 32 mlrd. 164 mln. 462 ming so‘mdan 485 mln. 002 ming so‘mi ta’minotchi korxonaga o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tabiiy gaz uchun 2018 yil davomida yig‘ib olingan mablag‘lardan 262 mln. 118 ming so‘m, 2019 yilning 8 oyi davomida esa 242 mln. 991 ming so‘mga tafovutlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan viloyat boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?