22:14 / 14.10.2019
3 528

Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi (video)

Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi (video)
Qoraqalpog‘istonda 13 oktyabr, yakshanba kuni Qo‘ng‘irot—Toshkent poyezdi va Nexia avtomobili o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 13 oktyabr kuni soat 16:35 da davlat raqami qora rangli Nexia avtomashinasi temir yo‘lning Nukus—To‘rtko‘l qismi 693-kilometrida qo‘riqlanmaydigan kesishmadan yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida, Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘lovchi poyezdi favqulodda tormoz berib, avtomobilni urib to‘xtagan.

Ushbu avtomobil Nukus shahrida yashovchi M.A.ga tegishli ekanligi aniqlangan. To‘qnashuv vaqtida mashina uning egasining o‘g‘li 1985 yilda tug‘ilgan Marat Allamuratov boshqaruvida bo‘lgan va avtomobilda uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Poyezd soat 16:35 da to‘xtab, 16:52 da o‘z yo‘nalishini davom ettirgan. To‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi (video)