17:33 / 16.10.2019
2 357

Endi fuqarolar propiskasidan qat’iy nazar istalgan bankdan kredit olishlari mumkin

Endi fuqarolar propiskasidan qat’iy nazar istalgan bankdan kredit olishlari mumkin
Banklar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Spot.

Ushbu o‘zgarishlar bugun, 16 oktyabrdan kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, iste’molchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qat’i nazar o‘zi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat etishga haqli.

Kredit olish uchun bankka murojaat qilishda propiska talabini bekor qilish to‘g‘risida yil boshida Prezident Farmoni imzolangan edi. O‘shanda ushbu tartibni amaliyotga 1 aprelga qadar joriy etish topshirilgan edi.

Kelgusida kreditlashning yangi shakllarini joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish, ularni investorlar o‘rtasida taqsimlash, shuningdek, milliy ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish orqali ipotekani rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi fuqarolar propiskasidan qat’iy nazar istalgan bankdan kredit olishlari mumkin