Toshkentda 3 yigit Pokiston fuqarosini to‘nab ketdi (video)

  • 16 oktyabr 2019, 22:28
  • 1 203
  • Jamiyat
  • Toshkentda 3 yigit Pokiston fuqarosini to‘nab ketdi (video)
    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
    Yunusobod tumanida talonchilik sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

    Toshkent shahar IIBBning ma’lumotlariga ko‘ra, 28 sentyabr kuni taxminan soat 19:30 da noma’lum shaxslar Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 45 yoshli Pokiston fuqarosi A.M.ning qo‘lidan sumkasini yulib olib, voqea joyidan yashiringan. Sumka ichida shaxsiy hujjatlar, Samsung S6 Edge rusumli telefon va 800 ming so‘m pul bo‘lgan.

    Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Videokameralarga tushib qolgan ma’lumotlarni o‘rganish davomida aniq bo‘lishicha, yuqoridagi jinoyatni sodir etgan uch nafar noma’lum shaxs xorijlik fuqaroni ketidan kuzatgan.

    Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlangan. Jinoyatni tashkillashtirgan shaxs — 20 yoshli Sh.I. bo‘lib, u bir oz vaqt ilgari jabrlanuvchiga tarjimonlik xizmatini ko‘rsatgan ekan.

    Qo‘lga olingan shaxsning gaplariga qaraganda, jabrlanuvchi undan 400 ming so‘m qarz olib, pullarni tez orada qaytarishni va’da qilgan. Ammo qarzini ham, tarjima xizmatlari uchun 200 AQSh dollarini ham bermagan. Shu sababli ShI. undan qasos olish maqsadida talonchilikni rejalashtirgan.

    28 sentyabr kuni taxminan soat 18:30 da Sh.I. tanishlari 22 yoshli Sh.M. va 22 yoshli J.Yu. bilan rejani amalga oshirgan.
    Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida IIBB xodimlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Tergov davom etmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 3 yigit Pokiston fuqarosini to‘nab ketdi (video)