17:58 / 02.11.2019
3 209

O‘zbekistonda Naqshbandi tourism festival—2019 festivali bo‘lib o‘tmoqda (foto)

O‘zbekistonda Naqshbandi tourism festival—2019 festivali bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Malayziyaning «Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» tashabbusi bilan 31 oktyabrdan 7 noyabrga qadar o‘tkazilayotgan O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida Naqshbandi tourism festival—2019 nomli xalqaro tadbiri ishtirokchilari Toshkent shahrida kutib olindi. Ular ilk ziyoratni Buxorodan boshladi. Bu haqda Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti xabar berdi.

Mazkur tadbir Hilal Travel sayyohlik tashkiloti hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida tashkil etilgan.

Naqshbandi tourism festival—2019 xalqaro festivali doirasida 18 davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQSh davlatlaridan 200 ga yaqin mehmon viloyatga tashrif buyurdi.

Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar viloyatda joylashgan «Yetti pir» nomi bilan mashhur bo‘lgan hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Orif Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xo‘ja Boboi Samosiy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol kabi ulug‘ zotlarning ziyoratgohlarida bo‘ldi.

Bundan tashqari, mehmonlar festival dasturiga ko‘ra, 8-mo‘’jiza deb tan olingan Poyi Kalon majmuasida joylashgan Miri Arab Oliy madrasasiga ham tashrif buyurib, uning faoliyati hamda tarix sahifalarida sayqallangan Ark qo‘rg‘oni va Labi Hovuz maydoni va qadimiy savdo toqlari va bir qator madaniy meros ob’ektlari bilan yaqindan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Naqshbandi tourism festival—2019 festivali bo‘lib o‘tmoqda (foto)