Foto: “Biz.liga.net”
Oddiy osh tuzi bemalol antibiotik oʻrnini bosishi mumkin, degan xulosaga keldi Garvard universiteti (AQSH) olimlari. Bu haqda “Rambler”ga asoslanib “Xabar” nashri maʼlum qiladi.
Buning uchun mutaxassislar sichqonlar ustida tajriba oʻtkazishdi. Ular kemiruvchilarni ikki guruhga ajratishdi: biriga tuzsiz, ikkinchisiga tuzli ozuqa berishdi. Buni qarangki, ikkinchi guruhdagilar kasalliklarga qarshi yaxshiroq kurashgan.
Olimlarning fikricha, organizm himoya kuchlari qadimdan tuz yordamida shakllanib kelgan. Oʻtmishda odamlar tibbiy preparatlardan foydalanishmagan. Immuniteti esa yalligʻlanuvchi jarayonlarga qarshi mustaqil kurashib kelgan. Odam organizmi tuz tufayli viruslarga qarshi kurashishni oʻrganib olgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Gap shundaki, nordon muhit zararli mikroblar uchun noqulay sanaladi. Tuz tarkibidagi natriy xlorid ham ularga xuddi shunday taʼsir oʻtkazadi.
Shunga qaramay, olimlar tuzni meʼyorda isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Chunki tuzni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish qon tomirlarga zarar yetkazib, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi