O‘zbekistonda bukmekerlik kontoralari faoliyatiga ruxsat beriladimi?

  • 05 dekabr 2019, 20:50
  • 672
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda bukmekerlik kontoralari faoliyatiga ruxsat beriladimi?
    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonida “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekildi.

    Unda yangi stadionlar, futbol maktablari qurish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta tizimini joriy etish va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar qatorida xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko‘rsatib o‘tilgan.

    Xususan, bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilish belgilab berildi.

    “Bukmekerlik kompaniyalari ular taqdim eta oladigan imkoniyatlarni hisobga olganda, bugun butun dunyoda futbolni rivojlantirishning asosiy omillaridan biriga aylangan”, - deydi O‘FA marketing departamenti boshlig‘i Baxtiyor Mamedov.

    Angliya premer-ligasi 20 ta klubdan 9 tasining homiylari bukmekerlik kontoralari hisoblanadi. Dunyoning 32 ta mamlakatida bukmekerlikka ruxsat berilgan. Ularda futbol jadal rivojlanyapti.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2007 yil 1 sentyabrdan qimor va tavakkalga asoslangan boshqa o‘yinlar (shu jumladan, totalizator)ni tashkil etish hamda o‘tkazish taqiqlangan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda bukmekerlik kontoralari faoliyatiga ruxsat beriladimi?