Ilhom Ne’matov/Foto: Xalqaro press-klub
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmasligi, ularga nisbatan hurmatni oshirish, muloqot qilish madaniyatini kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.
«Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jurnalistlar haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat darajasida. Liberal davlatlarda jurnalistlarning obro‘si juda baland. Ularning fikri ham ichki, ham tashqi siyosatda muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Jurnalistlarga bo‘lgan munosabat negativ bo‘lsa albatta, qoralayman. Tashqi ishlar vazirligi xodimlari jurnalistlar bilan muloqotni etika, madaniyat va hurmat tomondan to‘g‘rilashimiz kerak, deb hisoblaydi. Jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmaydi. Shuni bilish lozim.
Yevropa davlatlarida kimda-kim jurnalistlar bilan aloqani buzsa, oxiri uning o‘zi ishdan ketadi yoki davlat obro‘siga putur yetadi. Jurnalistlarga bo‘lgan hurmatni oshirishimiz kerak. Ular bilan muloqot qilish madaniyatini kuchaytirish zarur», dedi Ilhom Ne’matov.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi O‘zbekiston to‘g‘risida samimiy maqolalar yozayotgan xorij OAV vakillari, ularning pozitsiyasi haqida ham o‘z munosabatini bildirdi.
«Rossiyada elchi bo‘lib ishlaganimda, deyarli har haftada elchixonada turli tadbirlar o‘tkazardik. Ular shunday jurnalistki, agar biror voqea bo‘lmasa, uni hech qachon bo‘ldi, deb yozmaydi. Ular mutlaqo muallaq, mustaqil jurnalist. Hech kimga bo‘ysunmaydi. Ular albatta, xolisona baho beryapti, o‘z fikrini aytyapti. Qandaydir tazyiq orqali fikr bermayapti, buyurtma maqola emas. O‘zbekistonda haqiqatan katta o‘zgarishlar bo‘lyapti», dedi vazir o‘rinbosari Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbirida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi