16:43 / 23.12.2019
3 150

Pensiya islohotining muallifi qayerga yo‘qoldi?

Pensiya islohotining muallifi qayerga yo‘qoldi?
Janjallar bilan tanilgan Vladimir Nazarov O‘zbekistonga ko‘chirildi. Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining “NIFI” direktori Vladimir Nazarov yangi istiqbolli ishni boshlab yubordi.

«Interesant»ni aniqlashicha, pensiya islohotining muallifi Rossiya nomidan iqtisodiy islohotlarni nazorat qilish uchun O‘zbekistonga jo‘natilgan.

Pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi qarorning nazariy asoslarini belgilab bergan, 35 yoshli iqtisodchi sobiq ittifoq respublikasi uchun iqtisodiy o‘zgarish dasturini ishlab chiqadigan hukumatlararo komissiyaning asosiy a’zosi bo‘ldi.

2018 yilning iyulida Vladimir Nazarov bo‘lajak Rossiya pensionerlarining nafratlanishiga asosiy sabab bo‘lgan edi. Ayna uni pensiya islohotining muallifi sifatida ommaviy axborot vositalarida nomi aytilgan edi.

Garchi so‘nggi qaror bu yigitcha tomonidan emas, balki Kremldagi yuqori lavozimli shaxslar tomonidan qabul qilingan bo‘lsada, lekin u har bir narsa uchun aybdor bo‘lgan odam rolini o‘ynashi juda achinarli edi. Keyinchalik esa, Nazarovning o‘rtacha oylik oylik maoshi – oyiga 2 million (Rossiya rublida) ekanligi «Interesant” tomonidan ma’lum qilinganidan so‘ng, xalqning g‘azabiga uchradi.

Pensiya islohoti muallifiga qaratilgan la’natlar internetdagi barcha ijtimoiy tarmoqlar va forumlar bilan to‘lib ketdi. Hatto taqiqlangan uslublar qo‘llanilib: kimdir Nazarovni Kudrinning benikoh o‘g‘lini degan yolg‘on mish-mish tarqatdi. Nima uchun? Gap shundaki, chukni u Kudringa ko‘rinishidan o‘xshash va ko‘zoynaklari ham bor. Manashu barcha arugmentatsiya.

Dastavval Nazarov istamasligini rad etdi – Gerostratning ulug‘vorligi uni hatto xushnud etdi. Hatto ba’zan u, o‘ziga nafrat olovini qo‘ya boshlagan edi – bunday xolat u o‘zining «qashshoqligi» ni namoyish etish uchun, “Feysbukda o‘zining yirtiq poyabzalini suratini qo‘yganida kuzatildi. Keyin u o‘zini tanqid qilganlar bilan faol ravishda baxs-munozara qila boshladi. Keyin esa, to‘satdan – axborot maydonidan butunlay g‘oyib bo‘ldi.

Ko‘rinishidan, «oliy darajadagi o‘rtoqlar» “NIFI”ning yosh direktoriga murojaat qilishib, boshqa unaqa janjallarga aralashmaslikni so‘rashgan – uning uch oylik sukutiga boshqa hech qanday izoh topilmadi.

Xullas, endi Vladimir Nazarov, balki, «balo-qazodan chetroqda bo‘lish» uchun, O‘zbekistonga o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozir u ko‘pincha Toshkentda bo‘ladi. Moskvada ham o‘zbek aka-ukalari bilan muloqot qilmoqda. Nazarov rahbarligida «islohotlarning yo‘l xaritasi» ishlab chiqilmoqda – bu, kelgusi uch yil davomida O‘zbekistondagi tuzilmaviy islohotlar dasturi.

Dastur, tabiiyki, nafaqat liberal, balki deyarli gaydarcha uslub. Uning umumiy xususiyatlari 29 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan katta davra suhbatida bayon etilgan. Nazarov bu yerda shaxsan ishtirok etdi. U o‘zbeklarni raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga olib borishini aytdi. 6 dekabr kuni esa, Moskvada ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

NIFIning rasmiy sayti, yaqinda ushbu tashkilot «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlat moliyasini boshqarish sohasida ikki tomonlama hamkorlik dasturi» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ekspert-tahliliy yordam ko‘rsatmoqda.

Umuman olganda, bir tomondan, Vladimir Nazarov uchun yangi, ruslar uchun xavfsiz bo‘lgan joy topilgani yaxshi. Boshqa tarafdan, faqatgina o‘zbeklarga hamdardlik bildira olamiz, endi ular Gaydarning retseptlariga ko‘ra iqtisodiy shok terapiyasining barcha «ajoyibotlarini» o‘rganishi kerak bo‘ladi.

Biroq eng muhimi, bu hali hammasi emas: O‘zbekiston MDH davlatlari orasida pensiya yoshi hali ham ko‘tarilmagan mamlakat bo‘li qolmoqda. Erkaklar hali ham u yerda 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda nafaqaga chiqariladi. Bu, albatta, betartiblik. Pensiya islohoti muallifi Vladimir Nazarov bu yerda juda ham kerak bo‘ladi.

Aleksey Nikolayev,
«Interesant» Internet-jurnali

Manba: Tarjumon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiya islohotining muallifi qayerga yo‘qoldi?