Ikki yildan o‘tdiki, «Ahmadboy» nomi bilan tilga tushgan chinozlik Ahmad Tursunboyevning nomi ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalaridan tushayotgani yo‘q. Yaqin-yaqingacha sud tizimi xodimlari bilan bo‘lgan matbuot anjumanlarida ayni nom eslangan bo‘lsa, endi Majburiy ijro byurosi (MIB) o‘tkazayotgan brifinglar «Ahmadboy»siz o‘tmayotir.
Bugun MIB Toshkent viloyati boshqarmasi o‘tkazgan brifingda ham ayni nom yana bir bor «hurmat bilan» yodga olindi.
Negaki, masala «finish»ga yetayozgan — «Ahmadboy»ga nisbatan chiqarilgan sud hukmi ijrosiga qaratildi-da. «Boy»ning uzoq yilga «kesilgani» o‘z yo‘liga, asosiy gap — unga pul (mulk) berganlar haqini olishi yoki ololmasligi haqida ketmoqda.
Xo‘sh, vaziyat qanday?
Aytish joizki, A.Tursunboyevning jinoyat ishi bo‘yicha naqd 26 mlrd. 708 mln. 295,7 ming so‘m va 12 mln. 580 ming 622 AQSH dollari, shuningdek, zargarlik buyumlari hamda 29 ta ko‘chmas mulk ob’ekti, 8 turdagi avtotransport vositasi va boshqa mol-mulklar yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun xatlangan edi. Ijro harakatlari natijasida qarzdorning 3 turdagi ko‘chmas mulk ob’ekti va 1 ta avtotransport vositasi elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilib, pul mablag‘lari Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi depozit hisob raqamiga kelib tushgan.
Umumiy hisobda tergov davomida xatlangan hamda mol-mulk sotuvidan tushgan pul mablag‘lari hozirda 146 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
«Ahmadboy» esa, hukmga muvofiq, 11 700 nafar jabrlanuvchiga jami 418 mlrd. 293 mln. 345 ming 854 so‘m to‘lashi kerak!
Ko‘rinadiki, A.Tursunboyevning aniqlangan «bor budi» zararlarning uchdan birini qoplashga yetadi, xolos.
To‘g‘ri, MIB xodimlari qo‘lidan kelganini qilyapti. Ya’nikim, murojaat qilgan haqdorlar ro‘yxatini shakllantirdi, bank plastik kartasi yo‘qlarga bepul karta ochib berdi, boz tushgan pullarni proporsional taqsimlovchi elektron dastur joriy etdi. Bundan ortig‘ini ulardan talab qilib bo‘lmaydi. Qozonda bori cho‘michga chiqadi, axir?!
O‘jar raqamlar esa shu holatdayam «Ahmadboy» «foyda»da o‘tirganini tasdiqlayotgandek. Bori qarzlarining uchdan biriga yetmoqda, qolgan ikki qismini undirishga nazariy imkoniyat bor, amalda esa yo‘q. Chunki «hech vaqosi qolmagan» (rostdanam shundaymikan?) odamdan nimayam undirish mumkin?! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi