Terini himoya qilish uni namlantirish va oziqlantirish bilan bir qatorda muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa yuz, bo‘yin va qo‘llar terisi himoyaga muhtoj. Lekin ko‘pchilik ayollar oziqlantiruvchi kremlarning o‘zi etarli, himoyalovchi kremlardan foydalanish shart emas deb hisoblaydi.
Qarishning oldini olishda himoyalovchi kremlar ham muhim rol o‘ynaydi. Terini faqat quyoshdan himoya qilish kerak deb o‘ylash noto‘g‘ri: har qanday ob-havoda ham tashqariga chiqishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish lozim.
Ko‘pincha himoyalovchi kremlar tarkibi oqartirish xususiyatiga ega bo‘lgan gidroxinon efirlari, aloe ekstrakti va boshqa qo‘shimchalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Himoyalovchi kremlardan foydalanishda terining turini hisobga olish kerak va bo‘yaydigan upalar emulsiya kabi terini quritishi mumkinligini unutmaslik lozim.
Shuning uchun, ayniqsa teri quruq bo‘lsa, upa surishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish zarur: u tashqi ta’sirlardan himoya qilish bilan birga boshqa kosmetika vositalaridan ham himoya qiladi.
Qanday himoyalovchi kremlardan foydalanish mumkin?
Kremni uy sharoitida ko‘p vaqt va mablag‘ sarflamasdan ham tayyorlash mumkin. Uch xil yog‘lar – mango va karite (7,5 millilitrdan), jojoba yog‘i va binafsha ekstrakti (2,5 millilitrdan) dan tayyorlangan krem hamma turdagi terilar uchun mos keladi.
Himoyalovchi kremlardan albatta foydalanish kerak: ular terini zararli ta’sirlardan himoyalash bilan unga erkin «nafas olish» imkonini beradi, undagi namlikni saqlaydi va barvaqt qarishning oldini oladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi