Inson hayotda o‘zini, o‘z yo‘lini topishi uchun nima qilishi kerak?
O‘z hayotingizni yashang
Kichkinaligingizda onangiz shifokor bo‘lishingizni xohlardi. Otangiz futbolchiga turmushga chiqishingizni, buvingiz esa «odobli nevara» bo‘lishingizni orzu qilishardi.
Mana siz ulg‘aydingiz. Shifokorlik diplomini oldingiz, lekin bu ishni yoqtirmaysiz. Otangiz xohlaganidek, futbolchiga turmushga chiqmoqchi bo‘ldingiz, lekin dam olish kunlari sport-barlarga g‘oyib bo‘ladigan futbol ishqiboziga turmushga chiqdingiz.
Buvingiz orzu qilganidek jiddiy va boshqalardan ajralib turmaslikka o‘rgandingiz. Sizga bir savol: hozir siz kimning hayotini yashayapsiz?
Bugundan boshlab o‘zingizga, qanday lozim deb hisoblasangiz shunday yashashga so‘z bering.
O‘zingizni boshqa rollarga qo‘yib ko‘ring
Albatta sizda savol tug‘iladi: «o‘z hayotini yashash» nima degani? Sizning 5 ta hayotingiz borligini va ularning har birini muayyan bir ishga sarflashingiz mumkinligi haqida tasavvur qiling. Bular qanday ishlar bo‘ladi?
Faraz qilaylik, siz: «Bir hayotimda men yozuvchi bo‘laman, boshqasida — fotomodel, uchinchisida — badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiada chempioni, to‘rtinchisida — pazanda, beshinchisida — fotograf» deb yozdingiz.
Bularning hammasini sizning hozirgi hayotingizga joylashtirish juda oson. Biz aniq bilamizki, siz dunyoni bilishni, u haqda yozishni, mazali taomlar tayyorlashni va o‘zingiz uchun bir-ikkita ajoyib fotosessiya qilishni xohlaysiz.
Ishga kirishing!
Harakat qilish va ishga kirishish uchun eng muhim asos shundan iboratki, har qanday harakat sizga yangi ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarsiz esa oldinga siljish bo‘lmaydi.
Shuningdek, har qanday harakat — ayniqsa yakuni ijobiy bo‘lsa — o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Agar biz bir joyda o‘tirsak va hech narsa qilmasak, bu bizda ma’yuslik va umidsizlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyatshunoslarning aniqlashicha, hammadan ko‘p buyuk kashfiyotlar qilgan olimlar hammadan ko‘p xatolar qilgan ekanlar! Shuning uchun xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmasdan, harakat qiling!
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi