20:40 / 12.11.2017
12 883

Munajjimlar bashorati: 13 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 13 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun sizni ham quvonchli, ham g‘amgin lahzalar ta’qib etishi kutiladi. Moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lmasligi g‘amgin lahzalarni hadya etsa, muhabbatda kutilmagan sovg‘alarga ega bo‘lishingiz quvonchli lahzalar olib keladi. Kunning ikkinchi yarmida boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz ehtimoli bor. Tadbirkorlar ham bugungi kelishuvlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashlari haqiqatga yaqin. Favqulodda xizmat safariga jo‘nashingiz ham xuddi aksiga olgandek muvaffaqiyat keltirmaydi. Xudoning kuni-da! Salomatligingizni asrang, asabiylashmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 noyabr kuni kayfiyatingiz tushib, uchraganga alamingizni sochgingiz kelaveradi. Nimalardir, kimlardir sizda nafrat uyg‘ota boshlaydi. Esda tuting, bularning barchasi o‘zingizga qaytishi ham mumkin. Shuning uchun emotsiyani jilovda ushlang. Ishxonangizda ham siz uchun yoqimsiz vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bularni bardosh va iroda kuchi ko‘magida yengib o‘tsangiz bo‘ladi. Moddiy jihatdan ahvolingiz kechki payt ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan dildan suhbat bir olam mamnunlik baxsh etadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz tinchlikda, xotirjamlikda o‘tadi. Ish yuzasidan safarga chiqish va foydali shartnomalarga imzo qo‘yish muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa, tijoratchilar kunning ikkinchi yarmida mo‘may daromad olgach, go‘yo yettinchi osmonda parvoz qila boshlashadi. Kuchingiz yetarlidan ham ortiqroq. Demak, sportning faol turlari bilan shug‘ullansangiz, organizmingiz zo‘riqishga uchramaydi. Asablarni asrang, ovqatlanish qoidalarini buzmang. Omad siz tomonda.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 noyabr kuni imkoniyatlarning barcha eshiklari siz uchun ochiq. Nimani rejalashtirgan bo‘lsangiz, albatta haqiqatga aylanadi. Agar kun bo‘yi yoningizda yaqinlaringiz yelkama-yelka turishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz sevgan kishingizdan hadeganda nuqson qidirmang. Bu munosabatlaringizga putur yetkazadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning. Yolg‘iz qoling. Bu ertangi kun uchun yangi kuch yig‘ishingizda yordam beradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertalabdayoq uy yoki ofisda tartib o‘rnatish bilan band bo‘lishingiz mumkin. Omad sizning shundoq yoningizda turibdi. Shuning uchun sira ikkilanmasdan dunyoviy rejalar tuzavering, albatta amalga oshadi. Moddiy jihatdan ahvolingiz tushdan keyinoq ijobiy tarafga o‘zgarishi kutilmoqda. Bugun faqat yurakka yaqin hisoblangan ishlarga qo‘l uring. Oilasizlar kechqurun muhabbatda anchadan beri hal bo‘lmay kelayotgan muammoni o‘z foydasiga hal etishadi. O‘zingizni baxtli deb hisoblash uchun shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 noyabrda bo‘shashishni xayolingizga ham keltirmang. Buning o‘rniga xudodan qo‘shimcha kuch va shijoat so‘rang, albatta beradi. Moddiy muammolar sizni xafa qilmaydi. Ixtiyoringizda bo‘ladi. Salomatlikka ham bugun alohida e’tibor qaratishingiz kerak bo‘ladi. Allergiya, shamollash, gripp kabilar bezovta qilishi mumkin. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan munosabatlar yuritishdan voz keching. Bu harakatingiz yaxshilik keltirmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida o‘zingiz anchadan beri ko‘rmagan, sog‘ingan insonlar bilan uchrashib suhbat qurasiz. Kun davomida hatto muammoga duch kelsangiz ham hazil-mutoyibadan tiyilmang. Pulni esa tejab ishlating. Bu sizga faqat foyda beradi. Kechqurun oilasizlarni romantik uchrashuv kutmoqda va bu uchrashuv uzoq vaqt davom etishi ham ehtimoldan xoli emas.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
13 noyabr kuni anchadan beri yangi ish qidirayotganlarga omad kulib boqishi mumkin. Sizning qarshingizda bir necha o‘nlab yangi ish masalasida takliflar paydo bo‘ladi. Tanlash imkoniyatlaringiz rekord darajaga yetadi. Tadbirkor va tijoratchilarga yaqin do‘stlar foydali shartnomani taqdim etishadi. Agar ko‘nglingiz to‘lsa, albatta imzo cheking. Juftingizga alohida e’tibor va mehr bilan munosabatda bo‘lishdan tiyilmasangiz, shaxsiy hayotingizni bahor hech qachon tark etmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar sizga kuningiz yengil va quvonchli o‘tishini va’da qilishmaydi. Ammo bu kunni o‘ta og‘ir ham deb bo‘lmaydi. Hammasi yuzaga keluvchi vaziyatlarni qanday baholashingizga bog‘liq. Rahbarlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling, mavqeni oshirish fursati yetdi. Bugun uy qurish, uyni ta’mirlash kabi amallar muvaffaqiyat keltirmaydi. Buning ustiga moddiy ahvolingiz ham yo‘l bermaydi. Salomatlik haqida ko‘proq qayg‘uring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
13 noyabr kuni katta ishlarga sira o‘ylanmasdan qo‘l uravering, uddalaysiz. Xuddi shu ish sizga umringizning oxirigacha yetadigan mo‘may daromad keltirishi mumkin. Ishda raqobat kuzatilmaydi, biroq muhabbatda raqibingiz paydo bo‘lishi tayin. Tanlaganingiz yo juftingizni himoya eting, raqib sanalmish kimsalarga ko‘chani ko‘rsating, toki shaxsiy hayot va salomatligingiz pand bermasin. Unday yuzsiz raqiblar bir marta asabingiz buzilishiga arzimaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Omadga, muvaffaqiyatga erishishda eng mushkul va chalkash yo‘llarni bosib o‘tishingiz mumkin. Bu masalada hatto sizdagi uzoq yillik tajriba ham ip esha olmay qolishi turgan gap. Kunning ikkinchi yarmida uy sotib olishingiz, sotib olgan bo‘lsangiz, o‘sha uyga ko‘chib o‘tishingiz kutiladi. Qizlarimizdan ayrimlariga o‘zlari yoqtirgan yigit muhabbat izhor qilishi, qo‘lini so‘rashlari ehtimoli bor. Kechqurun sizni yirik xaridlar kutadi. Lekin bular siz uchun juda yoqimli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 noyabr kuni baliq burji ostida tavallud topganlar asabiylashish va stressli vaziyatlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Agar shu lahzalardan mardona o‘tib olsangiz, kunning qolgan qismi xursandchilikda o‘tishi tayin. Do‘stlar, qarindoshlar bilan janjallashib qolmaslik uchun yolg‘iz qolishingiz kerak. Ensalari qotib surishtira boshlashsa, dam olish istagida ekaningizni bahona qiling, vassalom!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..