Har hil odamlar bo‘lishadi… Ayrimlar birinchi uchragan odamdan hech narsani ayamasa,boshqalardan qishda qor so‘rab bo‘lmaydi. Siz qaysi guruh insonlarga kirasiz? Atrofdagilar bilar har doim ham xushmuomalada bo‘la olasizmi? Bu savollarga quyidagi testni yechib, javob topasiz deb o‘ylaymiz. Demak savollar:
1. Cho‘ntagingizga oz-moz pul tushib qoldi deylik. Barcha pullaringizni do‘stlaringiz uchun sovg‘alarga sarflay olasizmi?
2. O‘rtog‘ingiz o‘zining muammolari haqida gapira boshlasa o‘zingizni eshitmaslikka olasizmi?
3. Agar raqibingiz shaxmat yoki boshqa o‘yinda yomon o‘ynasa, ayrim paytlar u ham yutishi uchun imkoniyat yaratib berasizmi?
4. Odamlar kayfiyatini ko‘tarish uchun ularga tez-tez yaxshi gaplar aytib turasizmi?
5. Qo‘pol hazillarni yoqtirasizmi?
6. Kechirimlimisiz?
7. Sizni umuman qiziqtirmaydigan suhbatni oxirigacha yetkaza olasizmi?
8. Amaliyotda o‘z qobiliyatingizni to‘liq ishlata olasizmi?
9. Yutqazayotgan o‘yiningizni tugatmay tashlab qo‘ya olasizmi?
10. Agar haqligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa ,raqibingiz fikrini eshitishni istaysizmi?
11. Iltimoslarni bajonidil qondira olasizmi?
Natijalar:
Endi 1, 3, 4, 7, 11 savollardagi «Ha» va 2, 5, 6, 8, 9, 10 savollardagi «yo‘q» javobi uchun bir ochkodan jamlang.
8 ochkodan ko‘p: Siz xushmuomala, atrofdagilarga yoqadigan, odamlar bilan kelishib ketadigan insonsiz. Do‘stlaringiz ko‘p bo‘lsa kerak. Lekin ogohlantirib qo‘yaylik:siz hamma bilan kelishib ketish shart emas deb o‘ylaysiz.
4 ochkodan 8 ochkogacha: Hammaga nisbatan ham rahmdil emassiz.Ayrimlar uchun hamma narsaga tayyorsiz, boshqalar ya’ni siz yoqtirmaydiganlar yaxshisi sizdan uzoqroq yurgani ma’qul. Bizningcha odamlarni xafa qilib qo‘ymaslik uchun hamma bilan birday muomala qilganingiz ma’qul.
4 ochkodan kam: Siz bilan suhbat hatto eng yaqin kishilaringiz uchun ham qiyin. Do‘stlaringiz ko‘payishi uchun odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ling.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi