Hind fiziognomistlarining aytishicha, peshona shakliga qarab, inson haqida tuzukkina ma’lumotga ega bo‘lish mumkin ekan.
Yuqoriga qarab kengaygan peshona shaxsning zakovatlilik darajasi yuqoriligi va ma’nan boyligidan dalolat. Bunday kishilar ishga bo‘lgan munosabati va iqtidori bilan mehnat jamoasida katta hurmat qozonadi. Biroq rahbarlar bilan kamdan-kam hollarda yaxshi chiqishadi. Ekstremal holatlarda ham faqat o‘z kuchiga ishonadi. Ularni ko‘pchilik hurmat qilsa-da, do‘stlari oz. Bunday odamlar rostgo‘y, jahldor va ishonchli hamkor hisoblanadi. Ular adolatsizlikka jim qarab turolmaydi: ko‘pincha o‘zgalarning haq-huquqlari himoyachisiga aylanishlari ham mumkin.
Peshonasi yuqoriga qarab toraygan kishilarda zakovatlilik darajasi biroz pastligi kuzatiladi. Lekin qaysarlik va mehnatsevarlikda ularning oldiga tushadigani kam topiladi. Bunday kishilar jismoniy kuchiga ishongani bois, ko‘pincha sport bilan bog‘liq kasblarni tanlaydi. Ulardan kelajagi porloq og‘ir atletikachi, kurashchi yoki bokschi chiqishi mumkin. Bir joyda o‘tirib, aqliy mehnat bilan shug‘ullanish tor peshonali kishilar uchun emas.
Past va yapasqi peshona shaxsning tuzukkina zakovat sohibi ekanidan dalolat. Bundaylar biror ishni bajarishdan oldin barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olib, so‘ng uni uddalashning eng qulay usulini tanlaydi. Past va yapasqi manglayli odamlar bilan murosaga kelish oson. Ular jamoani birlashtira oladi va yaxshi boshqaradi.
Dumaloq va do‘ng peshona egalari fikrlash doirasi keng, aqlli, muloqot chog‘ida ustalik bilan o‘z fikrini o‘tkaza olish qobiliyati juda yuqori. Mehnat qilishni, yangi g‘oyalarni va yangiliklarni yoqtiradi. Ular moslashuvchan xarakterga ega bo‘lib, turli vaziyatlarga oson ko‘nikadi. Bunday kishilar doimiy izlanishda hayot kechiradi.
Dilroz ABRAYeVA
tayyorladi.
tayyorladi.
Manba: od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi