00:18 / 01.07.2018
7 361

Munajjimlar bashorati: 1 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 1 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kun davomida juda faol va intiluvchan bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz ezgu maqsadlarga erishishingiz ancha mushkul bo‘ladi. Ayniqsa, emotsional holatingiz tobida bo‘lishi shart. Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lsagina, moliyaviy masalada ham omadga erishasiz. Kun bo‘yi kam gapirib, ko‘p ishlang. Shunda eng muhim vazifalarni ham qisqa muddatda ado eta olasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatni tanlab-tanlab iste’mol qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

1 iyul kuni optimizmni o‘zingizda saqlab qolgan holda harakatlar sodir eting. Optimizm sizga nafaqat ishda muvaffaqiyat hadya etadi, balki kayfiyatingizni ham yuqori cho‘qqilarga ko‘tarib qo‘ya oladi. Muhabbatda haddan tashqari “ochilib” ketishingiz tavsiya etilmaydi. Juftingiz, bo‘lg‘usi juftingiz qarshisida sirliroq holatda qolganingiz ma’qul. Iloji bo‘lsa, o‘tmishni unutib, bugungi kun bilan yashang. Bugun tadbirkorlar uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomalarni imzolash muvaffaqiyatli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ishda tavakkalchilikka qat’iy amal qiling. Uzoq o‘ylanish, ikkilanishlar sizga faqat ziyon yetkazadi. Moliyaviy sohada panada turib kuting. Omadning o‘zi siz tarafga mo‘ralay boshlaganini sezishingiz bilan tappa bosing. Muammolar bugun o‘z-o‘zidan, sizning ortiqcha xavotirlaringizsiz ijobiy hal bo‘lish pallasida turibdi. Yangi tanishuvlardan nariroq bo‘lganingiz ma’qul. Kechqurun uyingizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli ham yo‘q emas.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 iyul kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ijodiy salohiyatingizni ishga soling. Basharti dam olish kuningiz bo‘lsa, u holda ijodiy yondashuv ro‘zg‘or yumushlariga qaratilsa ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Zararli odatlarga qarshi kurashish uchun 1 iyul juda qulay kechadi. Muhabbatda tanlaganingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Tanlaganingiz sizni tuyg‘ularni jilovlay olmaslikda ayblashi kutiladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun imkon darajasida yolg‘iz qoling. Tabiat qo‘yniga chiqib keting-da, dam oling. Suzish mashqlarini bajaring. Qancha ko‘p jismoniy harakatlar sodir etsangiz, bo‘lmag‘ur xayollar miyangizdan shuncha tez chiqib ketadi. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun oila qurishga ulgurmaganlar romantik uchrashuv sari oshiqishlari kutilmoqda.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

1 iyul kuni o‘zgalar hayotiga aralashishingiz, birovlarga turli maslahatlar berishingiz tavsiya etilmaydi. Har kim o‘z tashvishini o‘zi kechiraversin. Siz ham o‘z taqdiringizni yo‘lga solish payida bo‘ling. Oila qurmaganlarning ayrimlari hanuz o‘ziga bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshini tanlay olmay halak bo‘lsa kerak. Tavakkal qiling. Xudodan astoydil so‘rang-u, yuragingiz jizillaganiga qalbingizni oching. Mayda-chuyda yumushlarni bajarishda xato qilmasligingizda yaqin qarindoshlardan birining hissasi behisob bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish bajarishda eski usullardan foydalanish masalasini o‘ylab ko‘ring. Shunda kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Xatoliklar umuman ko‘zga tashlanmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Bugun muhim hujjatlarga imzo qo‘yish, tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarni imzolash foydali o‘tadi. Kun davomida atrofdagilar bilan bahslashmaslikka harakat qiling. Garchi ular nohaq bo‘lishsa ham qulluq qiling-u, sukut saqlang. Chunki bahslashib baraka topmaysiz.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

1 iyul kuni erta tongdayoq har qanday muhim ishlarni bir chetga suring-da, tabiat qo‘yniga jo‘nang. Dam olish, havo almashtirish bugun sizga har jihatdan foyda beradi. Salomatligingiz mustahkamlanadi. Vujudingizga optimizm keragidan ko‘proq singadi. Sobiq muhabbatingizni eslash, bu haqda qayg‘urish bugun faqat ko‘ngilsizliklar hadya etadi xolos. Undan ko‘ra qarshingizdagi insonga jidmayish qiling. O‘shandan foyda. Kechqurun uni yoningizga oling-u, toza havoda sayr qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ertalab uyqudan agressiv kayfiyatda uyg‘onishingiz ehtimoli bor. Bunga uyqu orasida ko‘rgan yoqimsiz tush sabab bo‘lishi mumkin. Tezroq bu kayfiyatdan chiqib ketishga harakat qiling. Kunning birinchi yarmida o‘zingiz haqingizda allakimlar g‘iybat to‘qib yurganidan xabar topasiz. Sukut va yana sukut! Dushmanni sukut yordamida yengishdan osoni bo‘lmaydi. Salomatligingizga putur yetishini istamasangiz, yog‘li va uglevodlarga boy taomlar iste’molidan tiyiling.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

1 iyulda erinmasdan, zerikmasdan atrofni kuzating. Kuzatuvchan odamga aylanib boqing. Shunda siz uchun eng muhim hisoblanmish mayda-chuyda vaziyatlarni o‘tkazib yubormaysiz. Moddiy ahvolingiz buguncha haminqadar holatda bo‘ladi. Demak, yaqin insonlarning qaysidir biridan qarz ko‘tarib turishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingiz bilan munosabatlarda masofa saqlang. Aks holda orangizda katta janjal chiqishi hech gap emas. Kun davomida meva va ko‘katlarni ko‘proq iste’mol qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Qayta xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘tmishdagi xatolarni esga oling. Bu nafaqat shaxsiy hayotingiz, balki kasbingiz bilan ham bog‘liq. Tadbirkorlar bugun favqulodda xizmat safariga otlanishi, yangi shartnomalar imzolashi kutiladi. Barchasi yaxshilikka. Shu bahonada yangi tanishlar va do‘stlar orttirasiz. Ammo bugungi kun zahiraga pul qo‘yish uchun sira to‘g‘ri kelmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

1 iyul kuni hali oila qurmaganlarning ba’zilari tanlagani bilan nimadir sabab tufayli janjallashib qolishi mumkin. Bu janjalda ikkalangiz ham aybdorsiz. Shunday ekan, yarashish masalasini ham baravar boshlashingiz kerak bo‘ladi. Yaxshisi, ma’lum muddat sukut saqlang. Xuddi shu narsa yarashish pallasini tezlashtirishi turgan gap. Bugun moliyaviy muammolaringiz kunning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatli hal etiladi va siz ilgarigi qarzlarni egalariga yorug‘ yuz bilan qaytarishga ham ulgurasiz.

Manba: Hordiq.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?