23:50 / 19.08.2018
6 747

Inson ongi miya o‘limidan keyin ham ishlashi aniqlandi

Inson ongi miya o‘limidan keyin ham ishlashi aniqlandi
Buyuk Britaniyaning Sautgempton univesiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, inson ongi miya o‘limidan keyin ham bir necha daqiqa davomida ishlashi mumkinligi aniqlandi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, bu tadqiqot o‘z yo‘nalishida eng yirigidir. Britaniyalik mutaxassislar 4 yil davomida Buyuk Britaniya, Avstriya va AQSHdagi 15 ta shifoxonada yuraklari to‘xtab qolgan ikki mingdan ortiq kishilar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan. Hayotga qaytganlarning taxminan 40 foizi yurak to‘xtashi va uning qayta ishga tushishi orasida u yoki bu darajadagi onglilikni tasvirlab bergan.

Tadqiqot mualliflaridan birining ta’kidlashicha, yurak urishi to‘xtagach, miya ham ishlamay qo‘yadi. Biroq yurak to‘xtashidan 20-30 sekunddan keyin miya ham to‘xtashiga qaramay, ong uch daqiqadan kam bo‘lmagan muddatda ishlashda davom etgan. Mijozlar klinik o‘lim yuz bergandan keyin xonada bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib bera olgani olimlarning bunday xulosaga kelishlariga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson ongi miya o‘limidan keyin ham ishlashi aniqlandi