Karina Kapur o‘g‘illi bo‘ldi

  • 21 dekabr 2016, 16:50
  • 7 722
  • Madaniyat
  • Karina Kapur o‘g‘illi bo‘ldi

    20 dekabr kuni Karina Kapurning otasi Randxir Kapurning “Indianexpress.com” nashriga, shifokorlar qizining ko‘zi yorishiga 10 kun borligini aytishayotgani haqida xabar berganini ma’lum qilingandi.

    Bunga Bollivud olamida bir necha kun davom etgan Karinaning qiz va o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgani haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgandi.

    Garchi shifokorlar tug‘ruqqa 10 kun bor deyishgan bo‘lsa-da, Karina Kapur oradan bir kun ham o‘tmay ona bo‘ldi.

    20 dekabr kuni tongida Bollivudning mashhur aktyorlari Saif Ali Xon va Karina Kapur Xon oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Indianexpress.com” xabar qilmoqda.

    Juftlik chaqaloqqa Taimur Ali Xon Pataudi deb ism bergani ma’lum qilindi.

    Farzandli bo‘lgan Saif Ali Xon OAVga murojaat qildi.

    “Siz bilan 20 dekabr kuni farzandli bo‘lganimiz haqidagi yangilikni bo‘lishishdan bag‘oyat xursandmiz.

    Biz o‘g‘limizga Taimur Ali Xon Pataudi deb ism berdik. Fursatdan foydalanib, biz bilan so‘nggi 9 oy ichida birga bo‘lgan, bizni duo qilgan muxlislarimizga, qo‘llab-quvvatlagan, tushungan OAV xodimlariga minnatdorchik bildiramiz.

    Barchangizni Rojdestvo va Yangi yil bilan tabriklaymiz. Muhabbat bilan Saif va Karina”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Karina Kapur o‘g‘illi bo‘ldi