Butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar “Avatar” fantastik filmi davomini intiqib kutishmoqda. Filmning davomi taxminan qachon taqdim etilishini rejissyor Jeyms Kemeron ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.
"2018 yilda bu yuz bermaydi. Biz film relizi sanasini anons qilmadik", - deya rejissyorning so‘zlarini keltiradi The Hollywood Reporter jurnali. "Shuni tushunish lozimki, gap filmlarning ekranga bosqichma-bosqich chiqishi haqida ketmoqda. Biz "Avatar 2"ni emas, balki "Avatar 2", uch, to‘rt va beshni suratga olmoqdamiz, bu ko‘p seriyali loyiha", - deya aniqlik kiritdi u.
Avvalroq Kemeron kartinaning to‘rtta sikvelini suratga olish niyati haqida ma’lum qilgandi. Taxminlarga ko‘ra, ulardan birinchisi 2018 yilning dekabrida chiqariladi.
"Avatar" filmi 2009 yilda taqdim etilgandi. Kartina 3ta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. "Avatar" tarixdagi eng tijorat jihatidan omadli film sanaladi. Undan tushgan daromad 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi