23:57 / 17.04.2017
14 494

"Shohi Zinda" yodgorligi haqida (video)

"Shohi Zinda" yodgorligi haqida (video)
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan iborat. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi. Qusam ibn Abbos Muhammad (s.a.v.)ning amakisi Abbos ibn Muttalibning o‘g‘li. Qusam ibn Abbos maqbarasi atrofida mo‘’tabar kishilar dafn qilingan.
Tabg‘och Bug‘ro madrasasi qad ko‘targan. XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo‘lgach, xalq bu erni tark etgan.

Amir Temur va Ulug‘bek davrida bu erda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishmalardan aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal’a devori yonbag‘rida qilingan zina XVIII asrda vayron bo‘lgan, keyinchalik 40 pog‘onali g‘ishtin yangi zina va chortoq qurilgan, bular hozirgacha saqlangan.

E’tiboringizga mazkur ziyoratgoh haqida video rolik taqdim qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Shohi Zinda" yodgorligi haqida (video)