19:27 / 21.07.2017
7 659

Muhammedova va Omonullaeva haqidagi ko‘rsatuv qachon efirga berilishi ma’lum qilindi

Muhammedova va Omonullaeva haqidagi ko‘rsatuv qachon efirga berilishi ma’lum qilindi
Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullaeva o‘rtasidagi mojaralar kecha, 20 iyul kuni soat 20:05 da “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Uchburchak” tok-shousida tilga olinishi haqida xabar bergan edik. Ko‘rsatuv efir yuzini ko‘rmadi. Bunga na telekanal rahbariyati va na ko‘rsatuv mualliflari Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova tushuntirish bera oldi.

Mualliflar qo‘l telefoniga javob beravermagach, tahririyatimiz xodimlari “O‘zbekiston” telekanali efiri mas’ullari bilan bog‘landilar. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, bugun, 21 iyul kuni soat 21:40 da “Uchburchak” tok-shousi efir yuzini ko‘radi. Ammo haftalik teledasturlar ro‘yxatida “Uchburchak” tok-shousi ko‘rsatilmagan. Ma’lum qilishlaricha, kecha ko‘rsatuvlar ko‘payib ketgan, vaqt etmagani uchun “Uchburchak”ning efir vaqti bugunga o‘tkazilgan. Bunday favqulodda holat bugun ham kuzatilmaydi, ko‘rsatuv o‘z vaqtida efir yuzini ko‘radi, deb umid qilamiz.

“O‘zbekiston” teleradiokanalida juda dolzarb, mazmunli, kishini mushohadaga undovchi ko‘rsatuvlar tayyorlanadi. Ming afsuski, ko‘rsatuvlar teledasturlar ro‘yxatida berilgan vaqtlarda efirga uzatilmasligi bilan bog‘liq holatlar bu telekanalda juda ko‘p bor takrorlanadi. Bu esa tomoshabinlar orasida telekanalga nisbatan ishonchsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatuv uchun tayyorlangan maxsus lavhadan O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchieva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Oydin Abdullaeva, “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtozning intervyulari o‘rin olgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Muhammedova va Omonullaeva haqidagi ko‘rsatuv qachon efirga berilishi ma’lum qilindi