08:32 / 02.09.2017
7 800

Lola Yo‘ldosheva farzandlarining ta’limini Rossiyadagi maktabga ko‘chirdi

Lola Yo‘ldosheva farzandlarining ta’limini Rossiyadagi maktabga ko‘chirdi
Avvalroq, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva ma’lum muddat Rossiyaga ko‘chib o‘tgani, Moskva shahrida istiqomat qilayotgani va shaxsiy hayotini qurish istagida ekani haqida xabar bergan edik. Lola yangi oila qurish istagida ekanini yashirmayapti, ammo turmush o‘rtog‘i kim bo‘lishi hozircha noma’lum.

Ijoddan tanaffus qilgan Lola o‘zi bilan farzandlarini ham Rossiyaga olib ketgani haqida ma’lumotlar bor.

Lola Yo‘ldosheva bugun, 1 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga o‘g‘li Shohdiyor bilan tushgan suratini joylashtirib, maktabning birinchi kuni boshlanganini yozdi. Suratda maktab formasidagi Shohdiyorning qo‘lida gul tutib turgani aks etgan. Lola esa ushbu surat tagiga quyidagicha izoh qoldirgan.

“Mana, yoz ham o‘tdi. Bizning yangi maktabdagi birinchi kunimiz juda ham ajoyib bo‘ldi. Hammani kuzning birinchi kuni, bilimlar kuni, Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ayyomlar doim uyimizni xursandchilik va nurga, yuraklarimizni mehr va muhabbatga to‘ldirsin”.

Rossiyadagi maktablar an’anaga ko‘ra navbatdagi o‘quv yiligi 1 sentyabrdan eshiklarini ochganini inobatga olsak, Lolaning farzandlarini ham Rossiyaga olib ketgani bilan bog‘liq taxminlar rostdek.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola Yo‘ldosheva farzandlarining ta’limini Rossiyadagi maktabga ko‘chirdi