Bahrom Nazarov matbuot anjumanida yangi konsert dasturi haqida gapirdi

  • 06 noyabr 2017, 22:19
  • 4 860
  • Madaniyat
  • Bahrom Nazarov matbuot anjumanida yangi konsert dasturi haqida gapirdi
    Bugun Matbuot anjumanlar uyida xonanda Bahrom Nazarovning yangi 14, 15, 16 noyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda xonandaning o‘zi, konsert tashkilotchisi Abror Po‘latov, shoir Xushnud Darvesh hamda matbuot anjumani tashkilotchisi Feruz Muhammad jurnalistlarning deyarli barcha qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

    Bu yilgi «Intizor» deb nomlangan konsert dasturi Bahrom Nazarov ijodidagi uchinchi yakkaxon konserti bo‘lib, bundan avval xonandaning «Shukrona», «Baxt uchun» deb nomlangan konsert dasturlari taqdim etilgan.
    «Konsertni «Intizor» deb nomlashimizga sabab muxlislarimizni sog‘inib, intizor bo‘lib kutganmiz. Qolaversa, Ogahiy g‘azali bilan «Intizor» deb nomlangan yangi qo‘shiq tayyorladik.

    Bu yilgi konsert dasturimizning repertuaridan joy olgan qo‘shiqlarimiz asosan rang-barang bo‘lishini xohladik. Ya’ni ona haqida, Vatan mavzusida hamda sevgi-muhabbatga oid yangi qo‘shiqlarni muxlislarga taqdim etishni niyat qildik», — deb ma’lumot berdi xonanda konsert haqida jurnalistlar bilan uchrashuvda.

    Bu yilgi «Intizor» deb nomlangan konsert dasturidan o‘nga yaqin yangi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Konsert Abdulla Oripovning «O‘zbekiston Vatanim manim» she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Dasturning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlash maqsadida qiziqchi Shukrullo Isroilov konsertni olib boradi. Bundan tashqari, «Gap yo‘q» triosi ham qiziqarli ko‘rinishlar taqdim etishi haqida jurnalistlar bilan uchrashuvda gapirib o‘tildi.

    Matbuot anjumani so‘ngida Bahrom Nazarov ommaviy axborot xodimlari taklifiga binoan jonli ijroda «Abdulla Oripov so‘zi bilan yangi yaratilgan «O‘zbekiston Vatanim manim» qo‘shig‘idan parcha ijro etdi. Qo‘shiq anjuman ishtirokchilariga ma’qul bo‘ldi.

    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bahrom Nazarov matbuot anjumanida yangi konsert dasturi haqida gapirdi