16:45 / 07.11.2018
5 003

Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi

Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi
Yunonistonlik kompozitor va dirijyor Yanni Xrisomallis 2019 yilning 17 fevralida Xalqlar do‘stligi saroyida konsert beradi.

Ko‘p millatli orkestr bastakorning eng yaxshi asarlarini ijro etadi.

Yanni Xrisomallis turli musiqiy asboblar ijrosini biriktira olgan iste’dodli musiqachi sifatida e’tirof etiladi. 1993 yilda Xrisomallis yilning eng yaxshi instrumental tarkibi uchun “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Musiqiy jamoada Samvel Yervinyan, Armen Movsesyan va Sayaka Katsukilar skripka, Pedro Eustache damli cholg‘ular, Viktor Espinola arfa musiqiy asboblari bilan ijod qilishadi.

Yanni Xrisomallis turli uslublardagi musiqiy albomlarni ishlagan. Yannining eng mashhur asarlari orasida “Blade Runner” filmiga ishlagan musiqasi e’tirof etiladi. Musiqiy asar Vangelis (Evangelos Odisseas Papatanasiu) bilan birgalikda yaratilgan.

Yanni Xrisomallisning O‘zbekistonga ijodiy safari 13 oktyabrga belgilangan edi. Biroq Yannining sog‘lig‘idagi ayrim muammolari tufayli shu kunga belgilangan konsert dasturi kechiktirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi