Matematiklar Livio Bolo va Rujero Penza jahon kinomatografiyasida eng taʼsirli kinoni aniqlash uchun tadqiqot olib borishdi. Tadqiqot natijalariga koʻra, Viktor Fleming tomonidan 1936 yilda suratga olingan “Oz mamlakati afsungari” filmi birinchi oʻrinni, Jorj Lukasning “Yulduzlar jangi” ikkinchi oʻrinni va Alfred Xichkokning “Psixo” filmi uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Applied Network Science jurnaliga tayanib Turon24 AA xabar bermoqda.
Olimlarning taʼkidlashlaricha, filmlarni baholashda butun jahon kinomatografiyasi taʼsir koʻrsata olgan kinolentalar eʼtiborga olingan.
Tadqiqot natijalarini aniqlash maqsadida matematiklar maxsus algoritm ishlab chiqishdi. Algoritmik hisoblash usuli orqali eng yaxshi filmlarni aniqlashda 20 dan ortiq rejissyor tomonidan ishlangan, 400 dan ziyod aktyor ishtirok etgan, 47 ming kinolentadan iborat IMDb maʼlumotlar bazasidan foydalanilgan.
Mazkur reyting tuzilishida qoʻllangan maxsus dastur orqali qaysi film boshqa kartinalarda necha marta yodda olingani ham hisoblangan. Bu orqali mutaxassislar filmlarning sanʼatdagi oʻrni ularning qay darajada kassabopligi va qancha daromad keltirishi bilan oʻlchash notoʻgʻri ekanligini qayd etishgan.
Shuningdek, filmlarning bir nechta metatanqidi (metatanqidiy baholanishi, IMDb reytingi, kassaviyligi, PageRank bergan baho), ularning AQSH filmlar milliy reyestrida mavjudligi, AQSH Kongressi kutubxonasida saqlanayotgani, IMDb tomonidan filmlardan taqdim etilgan ishtibohlar va bu ishtibohlarning uzoq yillar davomidagi qanday darajada taraqqiylashib kelgani va boshqa jihatlar tahlil etilgan.
Tadqiqotchilar keyingi yillarda yaratilgan filmlarning qaysi kinokartinalardan ilhomlanib yaratilganini ham eʼtiborga olganlar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi