Xonanda San Jey 19 dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori Odil Abduqahhorov bilan uchrashganini va litsenziya olishini ma’lum qildi. Xonanda buni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan videomurojaatida aytdi.
“Qadrli muxlislarim, yaxshi yangilik bor. Men endi litsenziya olaman. Bu baxtni yuragimga sig‘dira olmayapman. Shuning uchun bu yangilikni siz bilan bo‘lishyapman. Mana, hozirgina “Turkiston” san’at saroyida Odil Abduqahhorov bilan gaplashib chiqdim. U kishi juda samimiy inson ekan. Biz allaqachon ko‘rishishimiz kerak edi. Lekin u kishining O‘zbekistonda emasligi tufayli ko‘risha olmadik”, deydi xonanda o‘z videomurojaatida.
Uning aytishicha, “O‘zbekkonsert” direktori soqol masalasida ham San Jey bilan kelishib olgan. Xonanda “soqolini butunlay olib tashlamasligini, biroz tartibga keltirishini” aytdi.
“Yana bir yangilik bor. Biz yaqinda repperlar uchun konferensiya qilamiz. Endilikda O‘zbekistonda rep janrini ham yangi darajaga olib chiqamiz”, deydi xonanda.
Bundan avval San Jey prezidentga videomurojaat bilan chiqqan edi. Murojaatdan so‘ng “O‘zbekkonsert” soqoli tufayli litsenziya ololmayotganini iddao qilgan xonandani ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirgan va bu ish amalga oshmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?