Iyul oyi o‘rtalarida Germaniyaning ko‘p millionli tomoshabinlarga ega bo‘lgan birinchi telekanalida «praym-taym» vaqtida O‘zbekiston haqida hujjatli film namoyish etildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Film joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur davlat telekanali tasvirga olish guruhining yurtimizga tashrifi davomida tayyorlangan.
Ijodiy asar mualliflari ko‘plab nemis tomoshabinlariga mamlakatning boy resurslari va iqtisodiy salohiyati, xalqning madaniyati va an’analari, sayyohlik uchun diqqatga sazovor joylari, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Film syujetidan Marg‘ilondagi «Yodgorlik» ipakchilik fabrikasi faoliyati misolida respublikada xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol va teng huquqli ishtiroki uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida hikoya qiluvchi reportajlar ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun: Das Erste («Birinchi«) – eng yirik nemis telekanallaridan biri bo‘lib, Deutsche Welle’dan tashqari ARD tarkibiga kiruvchi mintaqaviy teleradiokompaniyalarning qo‘shma mahsulidir. Kanal 1952 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi