Sarlavhadagi nazariya avvaldan bor, ammo olimlar bugun uni ilmiy yo‘l bilan tasdiqladi.
Hayajonlanish va ruhiy siqilish gormonal ahvolni o‘zgartiradi, bundan esa turli kasalliklar kelib chiqadi. Qayg‘uga cho‘kish natijasida serotonin va dopamin miqdori kamayadi. Shunda odam shirinlik egisi keladi, buning natijasida vazn ortishi yoki oshqozon-ichak yo‘llari xastaliklari yuzaga keladi. Boshqa holatda qayg‘u organizmda jarayonlar sekinlashuvi va ishtahaning pasayishiga olib keladi, deydi Sof.uz.
G‘azab kortizol va adrenalin darajasini oshiradi. Bu gormonlar kam dozada foydali bo‘lsa-da, kuchli stressda organizmni zararlaydi. Yurak urishi tezlashadi va qon-tomir tizimiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
Qonning quyulishi va yurakning tezlashib urishi gipertonik kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Olimlar hissiyotlarni mo‘’tadillashtirish lozimligini ta’kidlaydi. Ammo o‘z hissiyotlarini batamom to‘sish aks ta’sir ko‘rsatadi va ahvolni yomonlashtiradi. Tanadagi kuchlanishni yo‘qotish uchun shifobaxsh o‘t-o‘lanlardan tayyorlangan choy ichish yoki nafas olish mashqlarini bajarish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi