21:53 / 22.03.2018
8 714

Tug‘ruqxonadan chiqishdagi dabdabozliklar chaqaloq sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi

Tug‘ruqxonadan chiqishdagi dabdabozliklar chaqaloq sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligida oilada farzand dunyoga kelishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimlar, ayniqsa, tug‘uruqxonadan chaqaloqni olib chiqish tadbirlaridagi dabdababozlik, milliy urf-odatlarimizga zid bo‘lgan turli ortiqcha marosimlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabariga tayanib Darakchi nashri ma’lum qiladi.

– Tan olib aytish kerak, haqiqatan ham millatimiz ushbu masalada tanazzul yoqasiga kelib qolgani rost – deydi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov.

– Davlatimiz rahbari juda o‘rinli ta’kidlaganlaridek, to‘y-marosimlarni o‘tkazish faqat shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy masala ham. U bir oilada tashkil qilingani bilan tadbirning ta’siri butun jamiyat hayotiga, xalqimiz salomatligiga ta’sir qiladi. Joriy yilning fevral oyida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Oilada farzand tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimlardagi dabdababozliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlanib ijroga kiritildi.

Tibbiyot xodimlari xalq orasiga chuqur kirib, yangi va ta’sirchan usullarda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Kuzatuvlarimizdan ko‘rinmoqdaki, tushuntirishning eskicha usullari bugun o‘zini oqlamaydi. Shu bois ayni damda tibbiyot muassasalarida akusher-ginekologlar, oila shifokorlari, patronaj hamshiralar bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz.

Homilador ayollar, qaynona-qaynotalar bilan alohida targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda. Chaqaloq dunyoga kelishi bilan o‘tkaziladigan ortiqcha dabdababozlikdagi marosimlarning yangi tug‘ilgan go‘dak va ona sog‘ligiga salbiy ta’siri tibbiy nuqtai nazardan tushuntirilmoqda. Ayniqsa, chaqaloq tug‘ilgach, dastlabki qirk kun ona va bola sog‘ligi uchun eng muhim palla ekani, bu muddat ichida qarindosh-urug‘larning yo‘qlovi ham ular salomatligiga salbiy ta’sir qilishi haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda. Chilla davri deb aytiladigan bu muddatga xalqimiz qadimdan ham alohida e’tibor qaratib kelgan.

Birgina Toshkent shahrida ushbu targ‘ibotlar natijasida mingga yaqin yosh oilalar tug‘ruq majmuasidan chiqish jarayonlarini ixcham, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarsiz, milliy urf-odatlarimiz bo‘yicha o‘tkazishdi. Bugun ularning qamrovi kengayib bormoqda. Bola salomatligi, kelajagi, ertangi hayoti uchun uning tug‘uruqxonadan qanday avtomashina, ertak qahramonlariyu, karnay-surnay bilan chiqishi emas, unga beriladigan tarbiya, tibbiy yordam va ota-ona namunasi muhim ekanini anglab yetayotgan oilalar soni ortib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tug‘ruqxonadan chiqishdagi dabdabozliklar chaqaloq sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi