Olmaota—Toshkent xalqaro yo‘lovchi poezdi qatnovi boshlandi (Foto)

  • 22 mart 2017, 12:11
  • 5 644
  • O‘zbekiston
  • Olmaota-2 vokzalida Olmaota—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poezdining tantanali ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
    Olmaota—Toshkent xalqaro yo‘lovchi poezdi qatnovi boshlandi (Foto)
    Qozog‘istonning «NK KTJ» AJ temiryo‘l kompaniyasi vise-prezidenti Erik Imashevga ko‘ra, yangi yo‘nalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasidagi kelishuv doirasida yo‘lga qo‘yildi.

    Olmaota hokimi o‘rinbosari Rumil Taufikov yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidlash uchun quyidagi raqamlarni keltirib o‘tdi: shaharda 129 ta qo‘shma va 236 ta O‘zbekiston korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar aylanmasi 2016 yilning o‘zida 62 foizga oshib, 200 million dollardan ortdi.

    Tarkib Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan 29 ta «Tulpor-Talgo» vagonidan iborat. Vagonlar to‘rt toifaga — ikki kishilik lyuks, ikki kishilik biznes-klass, to‘rt kishilik kupe va har birida 36 o‘rindiq bo‘lgan 2 ta ekonom-klassga bo‘lingan. Shuningdek, tarkibda alohida yuk vagoni, vagon-restoran va vagon-bar mavjud.

    Poezd haftasiga ikki bor qatnaydi: Olmaotadan dushanba va shanba, Toshkentdan seshanba va yakshanba kunlari jo‘naydi. Yo‘lga sarflanadigan vaqt, taxminan, 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Qatnov yo‘lidagi to‘xtash joylari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariog‘och va Toshkent.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olmaota—Toshkent xalqaro yo‘lovchi poezdi qatnovi boshlandi (Foto)