Viloyat hokimining farmoyishi bilan Namangan shahridagi transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta’mirlash ishlarini yakunlash maqsadida «Damas» rusumli transport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda Uz24.uz xabar beradi.
Joriy yilning 25 martidan boshlab har kuni soat 7.00 dan 20.00 ga qadar «Temir yo‘l vokzalidan A. Navoiy ko‘chasi orqali Chorsu bozorigacha» hamda «Temir yo‘l vokzalidan A. Temur va B. Mashrab ko‘chalari orqali Chorsu bozorigacha» maxsus transport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari «Damas» harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilangan yo‘nalishlarda «Isuzi» rusumli avtobuslarining jadval asosida muntazam harakatlanishi ta’minlanadi.
Hujjatga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabriga qadar shaharda yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l kira haqi uchun naqd pulsiz haq to‘lash tizimi joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi