18:08 / 06.04.2017
5 699

Internet foydalanuvchilari «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksini rivojlantirishda qatnashishi mumkin

6 aprel kuni Toshkentdagi «Zarafshon» konsert zalida «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.
Internet foydalanuvchilari «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksini rivojlantirishda qatnashishi mumkin
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va Taraqqiyot strategiyasi markazlari tomonidan uyushtirilgan tadbirda jurnalistlar ayni yo‘nalishga taalluqli savollarga rahbariyatdan javob oldi.

Ta’kidlanganidek, portal lisenziyalovchi organlarning axborot-texnologik ta’minotini oshirish va majmua orqali lisenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishni elektron shaklga o‘tkazish uchun yaratilgan.

OAV vakillarining savollariga javob berar ekan, mutaxassislar hozirgi kunda portal orqali 40 ta faoliyat turidan lisenziya olish uchun elektron shaklda ariza topshirish bilan bog‘liq butun boshli jarayon uchun imkoniyat yaratilganini ta’kidladi. Ayni vaqtda tadbirkorlarga transport, arxitektura, birja, savdo, tibbiyot, ta’lim, madaniyat, sport, turizm va reklama yo‘nalishlarida faoliyat yuritish uchun lisenziyalar elektron shaklda taqdim etilmoqda.

Kompleks 2017 yilda barcha ruxsatnoma beruvchi davlat idoralarida bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilangan.

So‘zga chiqqanlar Portalni sinovdan o‘tkazishda aholini faollikka chaqirdi. Har bir internet foydalanuvchisi o‘z taklif va fikr-mulohazalarini Facebook’dagi portal sahifasida yoki «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi sahifasida yozib qoldirishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Internet foydalanuvchilari «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksini rivojlantirishda qatnashishi mumkin