Ayni vaqtda hukm surayotgan iliq ob-havo yaqin kunlarda o‘z o‘rnini salqin havoga bo‘shatib beradi. Shu haftada O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda.
15 noyabrdan harorat +11...+13 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahri va Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida harorat kechasi 2 darajagacha sovub ketadi.
Ayni vaqtda hududlarda harorat o‘rtacha 15–20 daraja iliq. Toshkent shahrida esa harorat 18–20 daraja iliqni tashkil etadi.
Avval xabar berganimizdek, bu yil issiqlik ta’minoti avvalgi yillarga nisbatan kechroq ishga tushishni boshladi. Bu yilgi kuz ham ancha iliq bo‘lganligi barchamizga ma’lum.
10 noyabrdan boshlab sinov tariqasida ijtimoiy soha ob’ektlarida, 12 noyabrdan esa turar-joy binolarida issiqlik tizimi ishga tushishi haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi