19:50 / 03.02.2018
5 631

O‘zbekistonda 1 iyuldan elektron kirish vizalari berila boshlanadi

O‘zbekistonda 1 iyuldan elektron kirish vizalari berila boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2018 yilning 1 iyulidan elektron kirish vizalarini berish tizimini ishga tushirilishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bu borada tegishli topshiriq yuklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 1 iyuldan elektron kirish vizalari berila boshlanadi