Delsi Rodriges Venesuela AQSH bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi

Venesuela hukumati AQSHga qoʻshma ish va hamkorlik yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges maʼlum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
U Facebook’dagi bayonotida Venesuela va mintaqa xalqlari urush emas, tinchlik hamda muloqotga loyiq ekanini taʼkidladi. Rodrigesga ko‘ra, bunday pozitsiya prezident Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan va hozir butun Venesuelaning umumiy chaqirig‘iga aylangan.
Rodriges, shuningdek, Venesuela tinchlik, taraqqiyot va kelajakka bo‘lgan huquqini himoya qilishini qo‘shimcha qildi.
Bundan avval u AQSHning Maduroni o‘g‘irlashga qaratilgan harakatlarini qoralab, Vashington Venesuelaning neft resurslarini nishonga olayotganini aytgandi. Eslatib o‘tilishicha, Venesuela prezidentini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya joriy yil 3-yanvar kuni o‘tkazilgan, uning doirasida AQSH harbiylari poytaxt Karakasdagi harbiy bazalarga ham zarbalar bergan. Operatsiyada Delta maxsus bo‘linmasi jangchilari ishtirok etgani qayd etiladi.
AQSH rasmiylari esa Maduroni mamlakatni “narkokartel”ga aylantirganlikda ayblamoqda. Vashington talqiniga ko‘ra, Venesuela rahbari va uning yaqinlari davlat tuzilmalari hamda harbiylardan xorijga giyohvand moddalar yetkazib berishda foydalangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!