Jeyms Gann DC kelajagi haqida ochiq gapirdi

DC Studios rahbari Jeyms Gann Warner Bros. Discovery kompaniyasi Netflix’ga sotilishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar yuzasidan ilk bor fikr bildirdi. Uning aytishicha, vaziyat juda noaniq va asabiy, shuning uchun u hozircha katta umid bog‘lamayapti — faqat hammasi yaxshilik bilan yakun topishini istab, duo qilayotganini yashirmadi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Gann bunday burilishlarni avval ham bir necha bor boshdan kechirganini, shu sabab ehtiyotkorlik bilan qarayotganini ta’kidladi: jarayon ichiga kirib bormaguncha, real natija qanday bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, u DC uchun yangi imkoniyatlar ochilishi mumkinligiga ishonadi va voqealar qaysi tomonga burilishini kuzatmoqda.
Gann va Piter Safran davridagi DC yangilanishlari butun Gollivuddagi o‘zgarishlar fonida kechmoqda: striming platformalar an’anaviy studiyalarni tobora siqib chiqaryapti, axborot maydonida esa qayta tuzilmalar va turli mish-mishlar tinmayapti.
DC koinotining ertangi kuni hozircha mavhum ko‘rinadi, ayniqsa "Supermen" filmi kassa yig‘imi bo‘yicha kutilgan darajada kuchli natija ko‘rsatmaganidan keyin. Endi franchayza bilan har qanday tajriba katta tavakkalga aylanadi, ehtimoliy yangi egalari esa butun strategiyani qayta ko‘rib chiqishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, Gannning o‘zi aytganidek, bu murakkab davr oxir-oqibat juda qiziqarli yo‘nalishlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!