12 335
MXX tarixda qoldi. Davlat xavfsizlik xizmati undan nimasi bilan farq qiladi? (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish funksiyasi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga o‘tkaziladi.
Rejimli mudofaa ob’ektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma’lumotnoma berish esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qayta ishlash tavsiya etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari ham tasdiqlandi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”