«Toshturma» nomi bilan ma’lum bo‘lgan 1-sonli Toshkent tergov izolyatorida saqlanayotgan barcha mahkum va mahbuslar Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidagi yangi muassasaga ko‘chirildi, deb yozmoqda Gazeta.uz nashri.
Prezident qarori asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan tergov hibsxonasi qurildi, — deydi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — Ichki ishlar vazirining Matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov.
«Toshturma» nomidagi Toshkent shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasi 1891 yilda Chor Rossiyasi amaldorlari buyrug‘iga binoan toshdan barpo etilgan. O‘zaro yer osti va yer usti yo‘llari bilan bir-biriga bog‘langan to‘rt korpus mavjud bo‘lsa-da, binoning umumiy ahvoli bugungi kun talablariga, xalqaro standartlarga javob bermasdi.
Yangi binoni loyihalashtirishda iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, jazoni ijro etishga oid barcha jihatlar hisobga olingan. Binoni qurish va jihozlashda zamonaviy texnologiya va materiallardan foydalanildi.
Oshxona, kutubxona, yuvinish xonasi va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari har tomonlama qulay. Maxsus kontingentga zarur bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatish va uni tashkillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Oziq-ovqat va dori-darmonlarni saqlash uchun zamonaviy muzlatkichlar o‘rnatilgan.
Xalqaro va zamon talablariga javob beruvchi, qurilishi va jihozlanishi jihatidan MDH davlatlari ichida yagona hisoblangan ushbu hibsxona sakkiz qirrali yulduz shaklida qurilgani kameralarga har tomonlama yorug‘lik tushishini ta’minlaydi.
Mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari, advokatlari bilan uchrashuv xonalari mavjud. Bu xonalar barcha talablarga javob beradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida barcha jazoni ijro etish muassasalari, shu jumladan yangi tergov hibsxonasi videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Bu mahkumlarning huquqlarini himoyalashda muhim o‘rin tutuvchi vosita bo‘lib, ularga qo‘pol muomalada bo‘lish, zo‘ravonlik qilish kabi illatlarga barham beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi