6 605
8-sinf o‘quvchisi g‘azalxonlik tanlovida g‘olib bo‘ldi va Spark avtomashinasini yutib oldi
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforov “Navoiylik yosh g‘azalxonlar” tanlovida ishtirok etib, viloyat hokimligi tomonidan Spark avtomobilini yutib oldi.
Bugun, 6 fevral kuni Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi II an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjuman doirasida g‘azalxonlik tanlovi tashkil etilgan. Unda 100 dan ortiq viloyat yoshlari qatnashgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Sardorlar Kengashi sardori Ibrohim G‘afforov 1-o‘rinni ko‘lga kiritib Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov tomonidan Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Avg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘iliston davlatlarining olimlari hamda o‘zbek Akademiklari Baxtiyor Nazarov, To‘ra Mirzayev, Naim Karimov hamda bir guruh adabiyotshunos olimlar qatnashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi