17:11 / 06.03.2015
6 300

Messi: O‘g‘lim tug‘ilgandan so‘ng hayotim butunlay o‘zgarib ketdi

Messi: O‘g‘lim tug‘ilgandan so‘ng hayotim butunlay o‘zgarib ketdi

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi o‘z o‘g‘li Tyago haqida gapirib berdi.

"O‘g‘lim Tyago tug‘ilgandan keyin hayotim butunlay o‘zgarib ketdi. U men uchun barcha narsadan muhim.

Ertalab uyg‘onganimda, birinchi xayolim o‘g‘lim bilan bog‘liq bo‘ladi. U orzu qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi sovg‘a.

U otasining nima ish bilan shug‘ullanishini biladimi? Tyago hali juda kichkina, bor-yo‘g‘i ikki yoshda. Biroq so‘nggi paytlarda u gapirishni o‘rgandi va biz bilan oz-moz suhbatlashyapti. U biz nima haqda gapirayotganimizni tushunadi.

Antonella aytdiki, u meni televizorda ko‘rganda, tanishni boshlabdi... Bu axir juda yaxshiku", — deydi Messi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: O‘g‘lim tug‘ilgandan so‘ng hayotim butunlay o‘zgarib ketdi