Rio-de-Janeyro paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari birinchi kungi bahslarni o‘ta muvaffaqiyatli boshlashdi. Dyuzdochilardan keyin bahslarda ishtirok etgan suzuvchilar ham delegasiya hisobini medallar bilan boyitishdi.
Batterflyay uslubidagi (S13) 100 metrga suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi. Kirill Pankov va Muzaffar Tursunxo‘jaev saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi. Finalda Pankov marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi, Tursunxo‘jaev uchinchi o‘rinni egallab bronza medali bilan kifoyalandi.
Ayollar o‘rtasidagi batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suzish musobaqasi ham O‘zbekiston vakillari uchun omadli kechdi. O‘zbekistonlik 3 nafar sportchi saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgandi. Dastlabki 50 metr masofada Muslima Odilova 1-o‘rinda borayotgandi, biroq marraga amerikalik suzuvchi birinchi bo‘lib etib keldi. Odilova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Fotimaxon Omilova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shohsanamxon Toshpo‘latova 4-o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi