Fancy Bears xakerlik guruhi 23 sentyabrda Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) ma’lumotlar bazasidan o‘g‘rilangan hujjatlarning 5-qismini chop etdi.
Ro‘yxatda WADA’dan davolash maqsadida taqiqlangan moddalarni qabul qilishga ruxsat olgan sportchilar nomi keltirilgan. Hammasi bo‘lib 13 ta davlatdan 41 nafar sportchining nomi keltirilgan. Ular orasida Moskvaning "SSKA" basketbol jamoasi o‘yinchisi, serbiyalik Milosh Teodosich va nomdor velopoygachi Fabian Kanchellara nomlari tilga olingan.
Xakerlik guruhi taqiqlangan moddalarni qabul qilishga ruxsat olgan sportchilar ro‘yxatlarini bosqichma-bosqich chop etib bormoqda. Agentlik chop etilgan ma’lumotlar haqiqiyligini tan oldi.
Bundan avval chop etilgan 4-qismda ispaniyalik tennischi Rafael Nadal, britaniyalik yuguruvchi Muhammad Farah va vengriyalik suzuvchi Laslo Chex nomlari bo‘lgan. Ma’lumotlarning 1-qismi xakerlik guruhi saytida 13 sentyabrda chop etilgan. O‘sha qismda AQShlik sportchilar: opa-singil tennischilar Venus va Serena Uilyams, Riodagi Olimpiada oltin medallari sohibasi, gimnastikachi Simona Baylz va basketbolchi Elena Delle Donn nomlari bo‘lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi