7 036
Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti lavozimiga yagona nomzod bo‘lib turibdi
Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi (BBGF)ning amaldagi prezidenti, ushbu sport turi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova tashkilot prezidentligiga yagona nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Irina Viner-Usmonovaning nomzodini federasiyaning barcha hududlardagi vakillari qo‘llab-quvvatladi.
BBGFning Novogorsk shahrida start oladigan konferensiyaning kun tartibida tashkilot prezidentining 2013–2016 yillar uchun hisoboti, BBGFning prezidenti, ijrochi direktori, vise-prezidenti va federasiya Ijroqo‘mi saylovi o‘rin olgan.
Irina Viner-Usmonova 1992 yildan Olimpiya tayyorlash markazi bosh murabbiyi, 2001 yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Viner-Usmonova 2008 yili BBGF prezidenti etib saylangandi.
Qayd etish joiz, 27 noyabr, yakshanba kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbarligiga qayta saylangani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”