O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

  • 14 dekabr 2016, 22:28
  • 4 352
  • Sport
  • O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

    14 dekabr kuni O‘zbekiston shaxmat federasiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaqinda Rossiya federasiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur chempionatga dunyoning 30 ta davlatidan 500 ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 36,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni, degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Hindiston (32 ochko) va 3-o‘rinni Rossiya (31 ochko) shahmat ustalari qo‘lga kiritishdi.

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba to‘liq tarkibda 31 nafar iqtidorli shaxmatchi ishtirok etdi. Chempionat standart va klassika yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 8 ta (3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritishdi.

    » » O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi