22:51 / 20.01.2017
6 126

Kim o‘tiribdi futbolchilar? Chiqar hammasini! Qani-qani Denis aka ichkariga!

Kim o‘tiribdi futbolchilar? Chiqar hammasini! Qani-qani Denis aka ichkariga!

O‘zbekistonlik Denis Istomin jahonning eng kuchli tennischilaridan biri Novak Jokovichni mag‘lub etgani internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda.

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin o‘zining shov-shuvli g‘alabasi bilan internetda hafta qahramoniga aylanmoqda. Kechaning o‘zida internet foydalanuvchilarining aksariyati Istominga bevosita bog‘liq statuslarni o‘z sahifalarida e’lon qilishga ulgurdilar.

Eng qiziq fikrlar va statuslarga qoldirilgan izohlarni e’tiboringizga havola qilamiz:

«O‘zbekiston» kanalida ham Denis, «NTV»da ham Denis, RenTVda ham Denis»… «Ichkarida kim o‘tiribdi? Futbolchilar?? Chiqar hammasini! Qani-qani, Denis aka, ichkariga» — deya hazil statusni e’lon qilgan o‘zining facebookdagi sahifasida Dima Qayum ismli foydalanuvchi.

«Shu bosqichning o‘zidayoq 100 000 dollar atrofida yutgandan keyin to‘o‘rda o‘tiradida», deya izoh qoldirgan Qayumning statusiga Ali Ali nikli foydalanuvchi.

«Futbolchilar qayda? Ularni bokschilar chiqarib yubordiyu», deya o‘z fikri bilan bo‘lishgan yana bir foydalanuvchi. «Futbolchilar deysizmi? Ularni anchadan beri hech kim eslamaydi-yu. Ha, ularning o‘rnini bokschilar egalladi. Mana endi tennischi ham qo‘shildi», deya yuqoridagi izohga qo‘shiladi Qaldirg‘och nikli foydalanuvchi.

Istominning g‘alabasini o‘z g‘alabasidek qarshi olganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

«Ofarin, Denis!!! Bu eslashga arzigulik g‘alaba bo‘ldi! Siz uchun cheksiz xursand bo‘ldim. Hayotingizning qolgan qismi shodu-xurramlikda o‘tishi tilakdoshiman! Ofarin! Gap yo‘q», — deya o‘z tuyg‘ularini izhor qilgan Jumadilla Usmanov.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kim o‘tiribdi futbolchilar? Chiqar hammasini! Qani-qani Denis aka ichkariga!